Andijonda qushga suv bergan ayol taqdirlandi

16:01 05 Avgust 2024 Jamiyat
385 0

Foto: Videodan kadr

Andijonda yovvoyi qushga suv bergan ayol viloyat Ekologiya boshqarmasi rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Bu haqda Boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Furqat shifoxonasi” hududida ayol yovvoyi mayna qushga suv bergani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur video ostida qoldirilgan izohlarda fuqarolar holat boʻyicha koʻplab iliq fikrlar bildirgan.

Keyinchalik ushbu ayol Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi rahbariyati tomonidan tabiatga va qushlarga beeʼtibor boʻlmaganligi uchun sovgʻa bilan taqdirlandi.

Foto: Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер