Andijonda MIB xodimlari xizmat vazifasini bajarish chogʻida toʻrt ming dollar pora bilan ushlandi

03:19 18 Yanvar 2022 Jamiyat
1623 0

Andijonda xizmat vazifasini bajarish chogʻida 4 ming dollar pora olgan MIB xodimlari qoʻlga olindi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 14-yanvar kuni fuqaroning arizasiga asosan Andijon viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, viloyat prokuraturasi va Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻyicha xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan boʻlib, unda byuroning Andijon shahar boʻlimi ijrochisi F.F. oʻz ish yurituvidagi qarzdor U.X. va boshqalarni majburiy koʻchirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro qilib berish evaziga Andijon tuman boʻlimi davlat ijrochisi I.Q. bilan birga, Andijon shahrining “Vatan” choyxonasi yaqinidagi bekatda fuqaro O.Q.dan 4000 dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qayd etilishicha, MIB tomonidan mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlarining oldini olish boʻyicha tez-tez profilaktika ishlari olib borilmoqda. 2021-yilda 3119 ta tekshirish oʻtkazildi.

Oʻtgan yil davomida oʻtkazilgan ichki audit natijalariga koʻra, qoʻpol qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan 69 nafar xodim intizomiy jazo tariqasida boshqaruv organlaridan boʻshatildi. Birgina oʻtgan davrda byuro xodimlari tomonidan sodir etilgan 18 jinoyatning 24 tasi shaxsiy qoʻriqlash tarmogʻi xodimlarining tashabbusi bilan fosh etildi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер