Andijonda koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi

13:46 07 Iyun 2024 Jamiyat
155 0

Foto: Videodan kadr

Bugun, 7-iyun kuni Andijon shahridagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 7-iyun kuni soat 11:27 da Andijon shahar Mustaqillik MFY Boburshoh koʻchasi 29-uyda yashovchi fuqaro Д.А.нинг yashash xonadonida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga soat 11:32 da 3 ta YQElari yetib borib, soat 11:57 da yongʻin oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida yashash xonadoning 80 м.кв tom shift qismi va uy-roʻzgʻor buyumlari yonib zararlangan, alangadan aholi yashash xonadonining 600 м.кв maydoni saqlab qolingan.

“Baxtsiz hodisadan tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi”, deyiladi viloyat FVB xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер