Andijonda Konfutsiy instituti ochiladi

17:26 26 Yanvar 2024 Jamiyat
1158 0

Xitoy davlatining Pekin shahrida “Oʻzbekiston-Xitoy taʼlim forumi” boʻlib oʻtdi. Unda Andijon davlat chet tillari instituti vakillari ham ishtirok etdi. Ular tomonidan 10 dan ziyod oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

— “Jiaxing Boulder” konsalting instituti bilan hamkorlikda 2024-2025 oʻquv yilidan 50 nafar xitoylik talabani jalb qilish va institutda Xitoy taʼlim markazini tashkil etish yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishdik, — deydi institut rektori Dilshodbek Rustamov. — Shuningdek, Northwest University yordamida Andijon davlat chet tillari institutida Konfutsiy instituti ochilishiga erishish kabi manfaatli loyihalarga asos solindi.

Aytish joiz, Andijon chet tillari institutida xitoy tili yoʻnalishi mavjud boʻlib, unda 25 nafar talaba tahsil olmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер