Andijonda Xitoy kompaniyasi 418 megavatt quvvatga ega boʻlgan GES quradi

18:43 19 Iyun 2024 Jamiyat
306 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijonlik bir guruh delegatsiya aʼzolari 12-18-iyun kunlari Xitoyda boʻlib, iqtisodiy yoʻnalishlarda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalarini koʻrib chiqishdi. Safar davomida Henan, Kayfeng, Vey Xay hamda Urumchi shaharlaridagi investitsiya masalalariga doir muzokaralarda 1 milliard 500 million soʻmdan ziyod loyihalar yuzasidan oʻzaro shartnomalar imzolandi.

Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uchun bir qancha qulayliklar yaratilgan, deydi “Xinjiang century jinma investment group” kompaniyasi rahbari Lin Ging. — Energetika, toʻqimachilik, chorvachilik, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirib kelinmoqda. Endi veterinariya, baliqchilik boʻyicha investitsiya kiritishga qaror qildik.

Safar davomida hududni iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan yuksaltirishga moʻljallangan bir qancha kelishuvlarga erishildi. Jumladan, 418 megavatt quvvatga ega boʻlgan 700 million AQSH dollariga teng qiymatdagi GES qurilishi amalga oshiriladigan boʻldi. Shu kabi loyihalarni ishga tushirish orqali viloyatning yarmidan koʻp hududini elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda shu kungacha bu borada mavjud boʻlgan muammolarni bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер