Andijonda ishlab chiqarilayotgan insulin Afgʻonistonga eksport qilinadi

18:13 15 Avgust 2023 Jamiyat
1201 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Avval xabar berilganidek, Andijon tumanidagi ”Zamin Bio Health” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan insulin ichki bozorni taʼminlashda qoʻl kelmoqda. Yaqin kunlarda shu turdagi mahsulotni Afgʻonistonga eksport qilish moʻljallanyapti.

Tumanda oʻtkazilgan Press-turda maʼlum qilinishicha, korxona bir yilda 10 million dona idishda mahsulot ishlab chiqarmoqda. Bu borada BAA, Daniya kabi davlatlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari ijobiy samara bermoqda. Yaqin istiqbolda yana bir nechta dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasi ustida ish olib borilayotir.

— Bu korxona 2015-yili tashkil etilgan boʻlib, dastlab biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarilgan, — deydi korxona bosh menejeri Xurshidbek Yusupov. — 2019-yildan boshlab esa insulin dori vositasini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Hozirda ichki bozorni uch xil turdagi ushbu vosita bilan taʼminlayapmiz.

Ayni paytda korxonada 85 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan. Mahsulot turini koʻpaytirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер