Andijonda haydovchisi uxlab qolgan yuk mashinasi koʻprikka borib urildi
Foto: Videodan kadr
Andijon tumanida “Howo” rusumli yuk mashinasi temir yoʻl koʻprigiga borib urildi. Andijon viloyati YHXB matbuot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun 5-avgust kuni soat 04:00 larda Andijon tumanidan oʻtgan 4R-116 avtomobil yoʻlining (Namangan-Uychi-Paytugʻ-Andijon) 83 km.da sodir boʻlgan.
Haydovchi 2002-yilda tugʻilgan A.S. oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Howo” rusumli yuk avtomashinasida harakatlanib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotib temir yoʻl koʻprigiga borib urilib, yoʻl -transport hodisasini sodir etgan.
“Ushbu YTH oqibatida «Howo” rusumli yuk avtomashinasi hamda temir yoʻl koʻprigi zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring