Andijonda “Equinox” va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

13:23 13 May 2025 Jamiyat
193 0

Foto: Andijon viloyati YHXB

Andijon shahrida “Equinox”, tez yordam mashinasi va “Damas” rusumli transport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, hodisa kecha 12-may kuni soat 15:10 larda Andijon shahri Yusuf Otabekov, Mustaqillik va Bobur shohkoʻchalari kesishgan “Klinika” chorrahasida yuz bergan. 40 yoshli X.G. “Equinox” rusumli avtomashinasida Yusuf Otabekov koʻchasidan harakatlanib kelayotgan “Wolsvagen” rusumli tez yordam mashinasi bilan toʻqnashib ketgan.

Oqibatda haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetida toʻxtab turgan “Damas” ga borib urilgan.

“YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq, avtomashinalar texnik shikastlangan”, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер