Andijonda “Damas” 10 yoshli piyodani urib ketdi

16:13 02 Mart 2025 Jamiyat
303 0

Videodan kadr

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida “Damas” 10 yoshli qizaloqni urib yubordi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yil 25-fevral kuni soat 14:30 larda, Oltinkoʻl tumani “Toptiq” MFY hududidan oʻtgan D-105 “Fargʻona xalqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 124-kilometrida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 26 yoshli S.I. “Damas” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, yoʻlning qatnov qismini belgilanmagan joyidan keskin yugurib oʻtgan 2015-yilda tugʻilgan piyoda O.N. ni urib yuborgan.

Bildirilishicha, ushbu YTH oqibatida piyoda O.N. olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinkoʻl tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер