Andijonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqariladi

11:17 28 Iyun 2024 Jamiyat
362 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida xitoylik hamkorlar ishtirokida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasiga asos solindi.

— Buning uchun Xoʻjaobod tumanidan 30 gektar yer maydoni ajratildi, — deydi viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi masʼul xodimi Lochinbek Isomuddinov. — Hozirda hamkorlar bilan loyihani amalga oshirish uchun zaruriy chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

250 million AQSH dollari qiymatidagi ushbu loyihani amalga oshirish orqali viloyatda elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolarni qisman bartaraf etish mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер