Andijonda bemor abituriyent shifokorlar yordamida imtihonda ishtirok etdi va yotgan holda testlarni ishladi

18:07 31 Iyul 2019 Jamiyat
1369 0

Andijon davlat universiteti Boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ish taʼlim yoʻnalishiga sirtqi boʻlimiga roʻyxatdan oʻtgan D.Abbasova betobligi tufayli tez tibbiy yordam xizmati hamrohligida Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar binosidagi imtihon zaliga olib kelingan. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi xabar berdi.

Universitet bemor abituriyentga kerakli tibbiy yordamni taʼminlagan holda unga imtihonlarda qatnashish imkoniyatini yaratib berdi. Abituriyent test savollarini yotgan holatda ishlab, qiyinchiliksiz imtihonlarni yakunladi.

Yakunda abituriyent ushbu holatida test topshirishiga yetarlicha sharoit yaratib bergan test markazi va Andijon davlat universiteti masʼul xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер