Andijonda aholi xonadonlaridan biri yonib ketdi

17:10 19 Fevral 2025 Jamiyat
385 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida joylashgan xonadonlardan biri yonayotgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat FVB holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 19-fevral kuni soat 14:26 da Oltinkoʻl tumani “Qoʻshtepa” MFYda joylashgan, fuqaro I.Sh.ning yashash uyida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida hududiy FVBga xabar kelib tushgan. Yongʻin qutqaruv ekipajlari soat 14:32 da aytilgan manzilga yetib borgan va soat 15:02 da yongʻinni toʻliq oʻchirgan.

Hodisa oqibatida aholi yashash xonadonining 40 m/kv maydonda shift, tom qismi yonib zararlangan. Hech kim tan jarohati olmagan.

Taʼkidlanishicha, hozirda yongʻinning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер