Andijonda 8 va 3 yoshli bola selda oqib ketib halok boʻldi
Joriy yilning 6-may kunidan 7-may kuniga oʻtar kechasi soat 01:00 lardan 03:30 larga qadar Andijon viloyati Xonobod shahrining Teyit va Xidirsha MFYlarida kuchli sel kelishi tufayli 700 ga yaqin xonadonlar zararlangan.
Yogʻingarchilik sababli Qirgʻiz ariq kanalining toshishi oqibatida bir oilaning 2 nafar voyaga yetmagan 2013 va 2018-yilda tugʻilgan farzandlari selda oqib ketishi sababli vafot etgan.
Hozirda tabiiy ofatni bartaraf etish uchun Andijon viloyati IIB YXXB xodimlari tomonidan zarur kuch va vositalar hamda maxsus texnikalar jalb etilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring