Andijonda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

19:30 31 May 2024 Jamiyat
543 0

Foto: Andijon viloyat YHXB

Bugun, 31-may kuni Andijon shahrida “Cherry” va “Matiz” rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Д.Эшон koʻchasida 27 yoshli haydovchi “Cherry” rusumli transport vositasini boshqarib borish davomida orqasidan oraliq masofani saqlay olmay oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Matiz”ning orqa qanot qismiga borib urilgan.

Oqibatda “Matiz” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotgan va “Cobalt” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Viloyat YHXBga koʻra, ushbu YTH oqibatida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan, transport vositalari texnik shikastlangan.

Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер