Andijonda 3 million 700 ming Rossiya rublini chetga chiqarmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Turli nayranglarni qoʻllagan holda yurtimizdan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib chiqishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Doʻstlik” chegara bojxona postiga chiqish piyoda yoʻlagi orqali Qirgʻiziston Respublikasiga oʻtib ketish maqsadida kirib kelgan fuqaro С.Ш. harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortishi natijasida ushbu shaxs belgilangan tartibda shaxsiy koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, ushbu fuqaroning yonidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan va bojxonachilarning ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan 3 mln. 700 ming Rossiya rubli mavjud ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring