Andijonda 120 nafar talaba qizlarning toʻlov-shartnoma puli toʻlab beriladi

10:29 03 Noyabr 2021 Jamiyat
591 0

Foto: Халқ сўзи

Andijonda 100 nafar ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan talaba qizlarning toʻlov-shartnoma puli mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladigan boʻldi.

– Respublikamizda, jumladan, Andijon viloyatida opa-singillarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga moddiy va maʼnaviy jihatdan koʻmak berish ishlari har qachongidan ortgan, - deydi viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov oliy taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda. – Ayrim talaba qizlarimizning toʻlov-kontrakt puli toʻlab berilishi ham bu boradagi xayrli ishlar jumlasidandir. Oiladagi yetishmovchiliklar, ehtiyojmandlikdek muammoni yengib, oliy taʼlim talabasiga aylanishning oʻzi boʻlmaydi. Inson qanday sharoitda boʻlishidan qatʼi nazar, taʼlim olishi kerak. Buning uchun ularga sharoit yaratib berish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishlari uchun qulay muhitni tashkil etish bizning burchimizdir.

Tadbir davomida mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 100 nafar talabaga salkam 700 million soʻm, shuningdek, tashabbuskor homiylar mablagʻlari hisobidan 20 nafar ogʻir ijtimoiy vaziyatdagi talaba qizlarga 142 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi belgilandi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер