Andijon viloyatida Prokuratura tomonidan joriy yilning 1-yarmida qariyb 5,5 ming nafar fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklangan
Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan joriy yilning 1-yarmida nazorat faoliyati yoʻnalishlarida oʻtkazilgan tadbirlarda 4,5 mingdan ziyod prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanib, qariyb 5,5 ming nafar fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Prokuror protestlari asosida 502 ta qonunga zid huquqiy hujjatlar bekor qilingan, 1 608 ta hujjatlar qonunlarga muvofiqlashtirilgan, qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 1 303 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Qoʻpol qonun buzilishi holatlari boʻyicha 254 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan va sudlarga 4,2 mlrd. soʻmlik moddiy zararlarni undirish haqida 749 ta arizalar kiritilgan.
Shuningdek, hayʼat majlisida prokuratura organlarining viloyatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi vazifalarni amalga oshirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring