Andijon viloyatida birinchi IT-Texnikum tashkil etildi
Andijon tumanidagi Mashinasozlik texnikumi negizida Andijon axborot texnologiyalari texnikumi tashkil etildi.
Viloyat mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, IT-texnikumning bino hamda inshootlari rekonstruksiya qilindi. Hududlarini obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi.

Amaliy ishlar natijasida 150 oʻrinli zamonaviy yotoqxona tashkil etildi. Shuningdek, 2 ta kompyuter sinf xonalari zamonaviy koʻrinishga keltirilib, 40 ta monoblok jamlanmasi va mebellar bilan taʼminlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring