Andijon viloyatida 3 ta isteʼmolchi 16 ming 840 ta xonadonning bir oylik “rizqi”ni o‘margan

11:38 03 Oktyabr 2023 Jamiyat
324 0

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan:

Oltinkoʻl tumanidagi “VRB 2022” MCHJga qarashli plyonka ishlab chiqarish sexining elektr hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatilganligi natijasida davlat manfaatlariga 1 mlrd 82 mln 448 ming 450 soʻm (2 mln 405 ming 441 kVt⋅soat);

Andijon shahridagi “B.X.I.” MCHJga qarashli choyxonaning elektr hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatilganligi natijasida davlat manfaatlariga 326 mln 208 ming 150 soʻm (724 ming 907 kVt⋅soat);

Andijon shahridagi “ZNX F.” xususiy korxonasi elektr hisoblagichni oʻzboshimchalik bilan almashtirib yuborganligi natijasida davlat manfaatlariga 140 mln 159 ming soʻm (311 ming 464 kVt⋅soat), uchta holatda jami 1 mlrd 548 mln 815 ming 600 soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Maʼlumot uchun: ushbu miqdordagi elektr energiyasi 16 ming 840 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер