Andijon shahrida 150 oʻrinli yangi mehmonxona ochildi
Foto: «Халқ сўзи»
Andijon shahrida mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan “Premier hotel And” mehmonxonasi mijozlarga xizmat koʻrsata boshladi. 15 milliard soʻmlik loyiha asosida qad rostlagan mazkur majmua 6 qavatdan iborat boʻlib, bir paytning oʻzida 150 kishini qabul qiladi.
— Andijonga tez-tez kelib turaman, — deydi poytaxtlik tadbirkor Ruslan Nizomutdinov. — Shahar juda gavjum va mehmonxonalar oʻrtasida erkin raqobat bor. Bu mijozlar uchun eng qulay va shinam mehmonxonani tanlash imkonini beradi. “Premier hotel And” esa har tomonlama mijozlar talabiga mos boʻlib, bu yerda turli uchrashuv va tadbirlarni oʻtkazish mumkin.
Viloyat markazining eng aholi zich hududida joylashgan mazkur mehmonxona 69 ta xonadan iborat boʻlib, majlislar, bayram tadbirlari va boshqa marosimlarni tashkil etish uchun qulay maydonlar, avtoturargoh, savdo majmuasi, basseyn, saunalarga ega. U ishbilarmonlik va sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qilish bilan bir qatorda oilaviy manzillardan biriga aylanishi, shubhasiz.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring