Andijonda mayning ferma 1,2 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi
Foto: Oʻzenergoinspeksiya
Andijon shahrida 1,2 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda Oʻzenergoinspeksiya AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, inspeksiyaning Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Uda Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.S.ga qarashli xonadonda 21 dona mayning qurilmasini taqmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 1,2 milliard soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring