Andijon davlat universiteti tadqiqotchilari takomillashtirilgan suv isitish kollektorini yaratdi
Illustrativ foto
Andijon davlat universitetining qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasida takomillashtirilgan suv isitish kollektori yaratildi. Xoʻsh, uning afzalliklari nimada?
— Oddiy kollektorda quyosh nurining 60 foizidan foydalaniladi, xolos,-deydi tadqiqotchi Abduxalil Eraliyev. —Sababi, 40 foiz nur quvurlar orasidan oʻtib, behuda sarflanadi. Biz quvurlar ortiga nur qaytaruvchi moslama oʻrnatish orqali unga tushayotgan quyosh nuridan yuz foiz foydalanishni yoʻlga qoʻydik. Natijada kollektor ish faoliyatidagi unumdorlik 30 foizga ortdi. Oddiy misol, anʼanaviy kollektorlarda suv uch soatda qaynasa, bizning kollektorda buning uchun ikki soat vaqt sarflanadi.
Hozirda ushbu ixtiroga patent berildi. Andijon davlat universiteti tomonidan qurilmani amalda sinab koʻrish uchun 80 million soʻm mablagʻ ajratildi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring