Amir Temur merosi yoshlar tarbiyasida muhim omil

14:48 17 Aprel 2026 Jamiyat
173 0

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyat Axborot-kutubxona markazida “Amir Temur oyligi” va “Kitobxonlik haftaligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Xalqaro Amir Temur jamoat fondi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimlari hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda olimlar, shoir va yozuvchilar, turli sohalar vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirni markaz direktori Gulnoraxon Ismoilova ochib, yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va ajdodlar merosini oʻrganishga qaratilgan ishlar keng koʻlamda olib borilayotganini taʼkidladi.

— Mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, buyuk ajdodlarimiz xotirasiga munosib ehtirom koʻrsatish, yoshlarni bilimli va maʼnaviyatli qilib tarbiyalashga alohida eʼtibor berilmoqda, — deydi Xalqaro Amir Temur jamoat fondi hududiy boʻlimi rahbari, dotsent Habib Siddiq. — Amir Temur tavalludining 690-yilligini nishonlash boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli tadbirlar ham ana shu eʼtiborning yorqin ifodasidir. Sohibqironning hayoti va faoliyati barchamiz uchun ibrat maktabi boʻlib xizmat qiladi.

Tadbir ishtirokchilari Amir Temur hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan hujjatli filmni tomosha qilib, Temur va Temuriylar davriga oid ilmiy va badiiy adabiyotlar koʻrgazmasi bilan tanishdilar. Yakunda fond tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdim etildi va markaz rahbariga Amir Temur byusti topshirildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер