Amir Abdulaxadxon qurgan saroydan boshpana topgan fuqarolar yigʻini uchun yangi bino qurildi
Foto: Халқ сўзи
Bundan 25 yil muqaddam faoliyat koʻrsatishga kirishgan «Sitorai Moxi Xossa» mahalla fuqarolar yigʻini nihoyat oʻz binosiga ega boʻldi. Buxoro amirlarining yozgi saroyi sanalgan Sitorai Moxi Xossa majmuasining ikki xonadan iborat qismi shu paytga qadar yigʻin uchun boshpana vazifasini oʻtab kelayotgandi.

Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, bu Amir Abdulaxadxon tomonidan qurdirilgan saroy tarkibidagi inshoot sanaladi.
Mahallaning yangi binosi mahalliy byudjet mablagʻi evaziga barpo qilindi.Olti xonadan iborat maskanda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa xodimlarning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur barcha qulayliklar yaratilgan. Qolaversa, chorak asr davomida hududda aholi soni bir necha baravar oshdi. Murojaatchilar koʻpaydi. Avvalgi joy ularga ham noqulayliklar tugʻdirayotgandi.

Amir Abdulaxadxon (1859- 1910 y.) tomonidan barpo etilgan saroyga kelsak, hozir uning eshigiga qulf osiq ekanini koʻrish mumkin. Tarixiy maskan «Sitorai Moxi Xossa» muzeyi ixtiyoriga berilsa va tarixiy eksponatlar bilan jihozlansa, xalqimiz oʻtmishidan hikoya qiluvchi goʻsha mazmunan yanada boyigan boʻlur edi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring