Amerikalik jurnalistlar Fargʻonada
Foto: Халқ сўзи
Amerikada shov-shuvli maqolalari bilan tanilgan cherylreed.com sayti asoschisi Sheril Rind va jurnalist Greyed Strichechik Fargʻona viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida jurnalistlar viloyatning shahar va tumanlarida boʻlib, rang-barang mavzularda maqolalar tayyorlashni rejalashtirmoqda.
AQSHlik hamkasblar dastlab Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi, “Fargʻona haqiqati” – «Ferganskaya pravda» gazetalari tahririyati faoliyati bilan tanishdi. Muloqot chogʻida ikki mamlakat jurnalistlarining oʻziga xos yutuqlari, muammolari hamda soha istiqboli boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.
Yuzma-yuz muloqotda Sheril Rind xonim Oʻzbekistonda OAV maqomi, mamlakat hayotida tutgan oʻrni haqida tadqiqot oʻtkazayotganini aytib, Fargʻona viloyatidagi davlat idoralari va xususiy nashrlar, mahalliy teleradiokanallar hamda blogerlik faoliyati bilan yaqindan tanishish niyatida ekanini taʼkidladi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring