Amerikalik bir guruh olimlar Buxoro davlat tibbiyot institutida boʻlishdi

16:51 06 Sentyabr 2023 Jamiyat
490 0

BuxDTI ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi oʻrinda turadi. Institut ayni paytda 50 ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memorandum va shartnomalar bilan ishlamoqda. Shu kunlarda Oʻzbekiston Amerika tibbiyot forumida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Amerika Qoʻshma shtatlarining bir guruh olimlari va nufuzli muassasalar rahbarlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida boʻldi.

Delegatsiya tarkibida yurtimizga tashrif buyurgan Texas universiteti professori, Psixiatriya kafedrasi mudiri Israel Liberzon, Texas universitetining ilmiy tadqiqot markazi direktori Tetiana Nickelsen, Boston markaziy bolalar shifoxonasi loyiha menejeri, Oʻzbekiston — Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi (UZAMA) vitse prezidenti vatandoshimiz Nilufar Qahorova, Mass General Brigham kompaniyasining boshqaruvchi direktori Sarper Tanli, taniqli ortoped, AQSHning Oʻrta Gʻarbidagi yetakchi klinikalardan biri – Sent-Luis universitetining ortopedik jarrohlik boʻlimi mudiri Joldas Quljanov hamda Amerikada bir necha yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelayotgan vatandoshimiz, professor Alisher Dadaboyev institut rahbariyati bilan uchrashdi.

Okean ortidan tashrif buyurgan mehmonlar institut rektori Shuhrat Teshayev va prorektor Laziz Niyozov hamrohligida yaqinda foydalanishga topshirilgan institutning yangi kampusi, u yerda tashkillashtirilgan Simulyasion markazda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy oʻquv va amaliy mashgʻulot xonalariga yuqori baho berdi.

Shuningdek, Amerikalik olimlar institut talabalariga mahorat darslarini oʻtishdi. Mehmonlarning yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер