Amerikada o‘zbekona an’analarimiz namoyish etiladi
Foto: karandash.ua
AQShning Michigan shtatida joylashgan Lourens texnologiya universitetida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkaziladi.
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida tashkillashtirilayotgan anjuman turli millat vakillarini birlashtirib, o‘zbekona qadriyatlarni dunyoga namoyish etish imkonini beradi.
Ushbu nufuzli universitetda ta’lim olayotgan talabalarimiz tomonidan tashkillanayotgan bayram tadbirida 50 dan ortiq davlatlar, turli millatlar vakillari bo‘lgan talabalar ishtirok etadilar. Mehmonlar o‘zbekona urf-odatlar, an’analar bilan tanishib, sumalak, palov, milliy pishiriqlarimizdan bahramand bo‘ladilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring