Amazon “aqlli” muzlatgichlar ustida ishlamoqda

09:35 08 Oktyabr 2021 Dunyo
584 0

Amazon “aqlli” muzlatgich loyihasi ustida ishlamoqda. U oʻziga joylashtirilgan mahsulotlarning yaroqlilik muddati va miqdorini kuzatib boradi hamda Amazon Fresh va Whole Foods doʻkonlaridan zarur mahsulotlarni mustaqil ravishda buyurtma qiladi.

Business Insider nashrining yozishicha, avtomatik koʻrish texnologiyalari oʻrnatilgan muzlatgichlarda qoʻllanilgan texnologiya Amazon Go doʻkonlarida ham tatbiq qilinadi. Manbaga koʻra, qurilma Alexa ovozli texnologiya bilan toʻldirilishi mumkin.

Loyihani amalga oshirish uchun kamida ikki yil vaqt ketgan, biroq rasmiy ishga tushirilish sanasi hozircha nomaʼlum. Kompaniya esa bunga izoh berishdan bosh tortdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер