Alp oʻgʻlonlar muddatli harbiy xizmatga yoʻl oldi

18:22 14 Mart 2023 Jamiyat
714 0

Foto: Xalq so‘zi

Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasida Prezidentimizning shu yil 7-fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq Vatan oldidagi yigitlik burchini bajarishga otlangan oʻgʻlonlarni tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, chaqiriluvchilarning ota-onalari, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Joʻrabek Raximov, Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Farxod Shermatov, «Nuroniy» jamgʻarmasi Xorazm viloyati boʻlimi raisi Matkarim Jumaniyozov va boshqalar soʻzga chiqib, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻxtalib oʻtdilar. Urgʻu berilganidek, bugungi kunda milliy armiyamiz safida xizmat qilish har bir er yigit uchun shon-sharaf ishiga aylandi.

Tadbirda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

Odilbek ODAMBOYEV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер