Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi qariyb 80 trillion soʻmga yetdi

12:44 10 Fevral 2026 Iqtisodiyot
362 0

2025-yilda Oʻzbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 79,5 trillion soʻmni tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mazkur turdagi xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi taqsimlanganda eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelgan. Poytaxtda 2025-yil davomida 57,8 trillion soʻmlik axborotlashtirish xizmati amalga oshirilgan.

Ikkinchi pogʻonani 2,8 trillion soʻmlik koʻrsatkich bilan Fargʻona va Samarqand viloyatlari boʻlishib olgan boʻlsa, uchinchi oʻrinda 2,6 trillion soʻmlik koʻrsatkich bilan Toshkent viloyati qayd etilgan.

Shuningdek, 2025-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1,4 trillion soʻm, Andijon viloyatida 1,8 trillion soʻm, Buxoro viloyatida 1,3 trillion soʻm, Jizzax viloyatida 1,1 trillion soʻm, Qashqadaryo viloyatida 1,8 trillion soʻm, Navoiy viloyatida 963,2 milliard soʻm, Namangan viloyatida 1,6 trillion soʻm, Surxondaryo viloyatida 1,4 trillion soʻm, Sirdaryo viloyatida 631,1 milliard soʻm hamda Xorazm viloyatida 1,5 trillion soʻmlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari koʻrsatilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 22,7 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер