Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 22,9 foizga oshgan

11:48 06 Yanvar 2024 Jamiyat
565 0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,8 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 14,4 trln. soʻmlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari koʻrsatilgan. Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,9 % ga oshgan.

2023-yilning 1-iyul holatiga koʻra, aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 858 tani tashkil etgan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining tarkibi:

— Telekommunikatsiya xizmatlari – 57,8 %;

— Kompyuterda dasturlashtirish boʻyicha xizmatlar – 21,3 %;

— Axborot xizmatlari – 11,1 %;

— Boshqa aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 9,8 %.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер