Alisher Qodirov Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ishlab chiqishga nima sabab boʻlgani haqida toʻxtalib oʻtdi

12:49 10 Oktyabr 2023 Siyosat
355 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilmoqda.

Ayrim deputatlar, shuningdek, fraksiyalar rahbarlari ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov oʻz munosabatida keyingi yillarda jamiyatimizda odamlarning ongi, tafakkurida kuzatilayotgan oʻzgarishga monand ravishda qonunchilikka oʻzgartirish kiritilishiga boʻlgan ehtiyoj yuzaga kelayotgani, xususan, parlamentga, deputatga, siyosiy partiyalarga boʻlgan qarash va talablar ham oʻzgargani mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ishlab chiqishga sabab boʻlganini qayd etdi. Fraksiya rahbari Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida partiya deputatlari faol ishtirok etishini taʼkidlab, deputatlarni qonun loyihasini birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер