Aleksey Navalniyning hibsga olinishiga izoh berildi
Aleksey Navalniy sinov muddati shartlarini muntazam ravishda buzgani uchun uni qidiruvga berilganlar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror asosida hibsga olingan.
Bu haqda Jazoni ijro etish federal xizmati Moskva boʻlimi maʼlum qildi.
Tashkilotning izoh berishicha, 2014-yilda Navalniy firibgarlik faoliyati va pul yuvishda ayblanib 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Sud tomonidan 2017-yilda jazo muddati yana bir yilga uzaytirilgan 5 yillik sinov muddati bilan jazoni shartli deb topishga qaror qilgan.
2020-yilda Navalniy tomonidan sinov muddati shartlari boʻyicha koʻplab qonunbuzarliklarni sodir etilgan. Ular yanvar, mart, iyul va avgust oylarida qayd etilgan.
Buning uchun u shartli jazoning haqiqiy jazo bilan almashtirilishiga olib kelishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirilgan.
Bundan tashqari, Navalniy Germaniyada davolanish paytida uni idoraga chaqirish vaqtincha toʻxtatib turilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring