Aleksandr Lukashenko koronavirusga chalinib, tuzalganini tan oldi

10:45 29 Iyul 2020 Dunyo
974 0

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus bilan kasallanganini maʼlum qildi. U bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligining Minskdagi harbiy qismiga tashrifi chogʻida aytib oʻtdi. Davlat rahbarida xastalik simptomsiz kechgan.

“Ovozim uchun uzr soʻrayman. Soʻnggi paytlarda juda koʻp gapirishga toʻgʻri kelyapti. Ammo eng hayratlanarlisi shundaki, bugun siz koronavirusni oyoqlarda oʻtkazib, omon qolgan inson bilan uchrashib turibsiz”, dedi Belarus yetakchisi.

U shifokorlar bir kun oldin tegishli xulosa berishganini qayd etdi. “Aytganimdek, aholimizning 97 foizi bu infeksiyani simptomsiz oʻtkazdi. Va nihoyat, men ham ushbu virusni yuqtirib, Belarusning oltin fondiga tushdim”, deya qoʻshimcha qildi Lukashenko.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер