“Al-Sadd” chempionlar ligasini tark etdi
Kecha, 16-aprel kuni futbol boʻyicha Osiyo Elit chempionlar ligasi musobaqasining chorak final oʻyinlari start oldi. Saudiya Arabistonida markazlashgan holda tashkil etilayotgan turnirning dastlabki bahsida Qatarning “Al-Sadd” jamoasi Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durrang natija bilan yakunlandi. Gollarga Qatar klubidan Rafa Murika (2 ta) va Roberto Firmino mualliflik qildi. "Vissel Kobe"ning javob gollari esa Yoshinori Muto, Yuya Osaka va Yusuki Ideguchi hisobiga yozildi.
Asosiy vaqt durrang bilan yakunlangach, gʻolib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotereyasida esa omad Yaponiya klubiga kuldi. Qatar klubining braziliyalik futbolchisi Klaudinyo zarbada adashdi.
Shu tariqa “Vissel Kobe” turnirning dastlabki yarim finalchisiga aylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring