“Al-Nasr” navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Kecha, 21-fevral kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasining 23-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Tur doirasidagi uchrashuvda “Al-Nasr” oʻz maydonida “Al-Hazm” klubini qabul qildi.
Uchrashuv 4:0 hisobida mezbonlarning ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi. Hisob 13-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan ochildi. 30-daqiqada Kingsli Koman ustunlikni mustahkamlab, hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan tugadi.
Ikkinchi boʻlimning 77-daqiqasida Anjelo hisobni 3:0 qildi. Oradan ikki daqiqa oʻtib, 79-daqiqada Krishtianu Ronaldu uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritib, dubl rasmiylashtirdi.
Taʼkidlash joizki, ushbu oʻyindan soʻng Ronaldu faoliyatidagi umumiy gollari sonini 966 taga yetkazdi. Portugaliyalik yulduzni “minglik dovoni”dan yana 34 ta gol ajratib turibdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring