Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

19:14 24 Yanvar 2024 Jamiyat
464 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.Q. noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Q.М.” MCHJ hududidagi savdo doʻkonida hech qanday hujjatsiz 10 quti “Milano London” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini xaridorga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo doʻkonidan jami 19 xil turdagi jami 6 662 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Namangan muntazam” YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Х. boshqaruvidagi “Nexia2” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, Dangʻara tumanida yashovchi shaxsdan hech qanday hujjatsiz 2 500 AQSH dollariga xarid qilgan 3 xil turdagi jami 3 420 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Samarqand viloyatida sotish uchun olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер