Axborot xizmati rahbarlariga guvohnomalar topshirildi

17:11 20 Dekabr 2023 Jamiyat
1081 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati hamda viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda jurnalist, blogerlar hamda hokimliklar, korxona va tashkilot axborot xizmati rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda media makondagi bugungi vaziyat, globallashuv jarayonlaridagi inson ongi uchun kurashlarning chirkin koʻrinishlari tufayli yuzaga kelayotgan chaqiriqlarga tezkorlik bilan munosib javob qaytarish, viloyatda amalga oshirilayotgan ulkan miqyosdagi islohotlar toʻgʻrisidagi keng qamrovli maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish masalalari bosh mavzu boʻldi. Shuningdek, korxona, tashkilotlar matbuot xizmatlari ishlarining samaradorligini oshirish, xronologiyadan koʻra koʻproq tahlilga eʼtibor qaratish, Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish hamda ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar bilan uzviy hamkorlik aloqalarini yoʻlga quyish boʻyicha muhim takliflar ilgari surildi.

— Bugun viloyatdagi korxona va tashkilotlar axborot xizmatlari xodimlarining aksariyati oʻz vazifasi va vakolatlarini toʻliq bilishmaydi, desak mubolagʻa emas, — deydi viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Dilshod Mamarajabov. –Ular oʻzlariga aloqasi boʻlmagan yumushlarga koʻmib tashlangan. Bu oʻz-oʻzidan axborot xizmati xodimlari ishlayotgan subyektda informatsiya taqchilligini yuzaga keltirib, turli uydirmalar paydo boʻlishiga sharoit yaratmoqda. Eng achinarlisi, bu holatlar oʻsha korxona yoki tashkilotning ochiqlik koʻrsatkichlarini ortga tortmoqda.

Tadbirda attestatsiyadan oʻtkazilgan bir guruh axborot xizmati rahbarlariga guvohnomalar topshirildi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер