Ayrim yoshlarning haydovchilikka tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlari qoplab beriladi

09:37 06 Oktyabr 2021 Jamiyat
1058 0

“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga doir quyidagi vaqtinchalik tartiblar tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi. 

Bunga koʻra “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (617-son, 2021-yil 4-oktabr) qabul qilindi:

– ushbu yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilishi boʻyicha – BHMning 4 baravarigacha kompensatsiya beriladi;

– safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash boʻyicha.

Shuningdek, xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlarini qoplash boʻyicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi. Bunda mazkur xarajatlarning 50 foizi qoplanishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi ham belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер