Ayrim xodimlarga ularning talabiga koʻra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda taʼtil beriladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Xodimning xohishiga koʻra ish haqi saqlanmaydigan taʼtil quyidagilarga majburiy tartibda beriladi:
1941–1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili 14 kalendar kungacha;
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga – har yili 14 kalendar kungacha;
2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga;
12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki 16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga) – har yili 14 kalendar kungacha;
qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring