Ayrim hudud maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bepul ovqat yetkazib berish boshlandi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvlarida umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bepul tushlik bilan taʼminlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bergan topshirigʻiga asosan 2022-yildan boshlab keytering tizimini yoʻlga qoʻyish belgilangan.
Shunga asosan 2022-yil 7-fevraldan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini sogʻlom ovqatlantirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida keytering usulida bepul ovqat yetkazib berish boshlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring