Ayrim chorvadorlarga qoramollarning har kilogrammi uchun 2000 soʻm subsidiya beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan:
- chorvachilik xoʻjaliklariga – oʻz xoʻjaliklaridagi yirik va mayda shohli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 soʻm hamda sutining har bir litri uchun 200 soʻm;
- parrandachilik xoʻjaliklariga – oʻz xoʻjaliklaridagi tuxumning har bir donasi uchun 50 soʻm hamda parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 1 000 soʻm;
- baliqchilik xoʻjaliklariga – intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 soʻm miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring