Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda

13:14 17 Iyun 2023 Jamiyat
373 0

Shu kunlarda Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi tizim masʼullari, Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlarining yetakchi shifokorlaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatida.

Bu yerda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularning salomatligini tiklash choralari koʻrilmoqda.

Xususan, Paxtaobod tumanida tashkil etilgan shunday tekshiruvlarda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov rahbarligidagi mutaxassislar bemorlar salomatligini nazoratdan oʻtkazdi.

Shuningdek, tibbiy koʻriklar yotib qolgan bemorlar xonadonlarini ham qamrab oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер