Aholini zarur dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? (tadbirdan fotoreportaj)

15:21 23 Avgust 2023 Jamiyat
1264 0

Foto: Abdumutalib Toirov, «Xalq so‘zi»

Joriy yil 22 avgust kuni Milliy matbuot markazida “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining aholini zarur dori vositalari bilan ta’minlash ta’minlash borasida ko‘rayotgan chora-tadbirlari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Kompaniya tizimida 31 iyul holatiga ko‘ra 1747 ta ijtimoiy dorixona va dorixona shaxobchalari faoliyat yuritadi. Ushbu dorixonalarning 1143 tasi yoki 65 foizi qishloq hududlarida joylashgan. Shuningdek, maxsus jihozlangan avtomobillarda 95 ta ko‘chma dorixona tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘chma dorixonalar mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan jadval asosida respublikamizning chekka va dorixona mavjud bo‘lmagan hududlaridagi aholiga kerakli dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib beradi.

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy bo‘linmalari turli tizimdagi davolash-profilaktika muassasalarining asosiy ta’minotchisidir. Xususan, 2023 yilning 6 oyi davomida:
- sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli davolash profilaktika muassasalariga –83,6 mlrd. so‘mlik,
- boshqa davolash profilaktika muassasalariga –14,0 mlrd. so‘mlik,
- xususiy sektorga – 32,1 mlrd. so‘mlik,
- harbiy davolash muassasalariga – 9,3 mld. so‘mlik,
- QVP va QOPlarga – 39,3 mld. so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazildi.

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Davlat buyurtmasi asosida xorijlik hamkorlar bilan shartnomalar imzolagan holda, 2020 yilda 1 300 000 doza, 2021 yilda 3 668 000 doza, 2022 yilda 2 347 000 doza grippga qarshi vaksinalar olib kelingan bo‘lib, bu vaksinalar O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berildi. 2023 yil davomida 2 100 000 doza vaksina olib kelish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, kompaniyamiz tomonidan 2022 yilda 955 145 flakon, 2023 yilning 6 oyida 422 917 flakon insulin kirim qilingan.

Tadbirda qatnashgan "Xalq so‘zi" muxbiri fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Abdumutalib Toirov, «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер