Aholini daromadga yoʻnaltirishda samarali tajriba

12:25 04 Iyul 2022 Jamiyat
551 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyatida ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida dehqonchilik qilib mablagʻ topishi uchun 10 sotixdan yer ajratish amaliyoti kutilgan natijani bermoqda. Buni Qoʻrgʻontepa tumanida yashovchi Dilmurod Isroilov oilasi misolida ham koʻrish mumkin.

— Erta bahorda ajratib berilgan 10 sotix joy yer yongʻoq ekdik, —deydi D. Isroilov. — Uning rivoji 300-350 kg hosil olishimdan darak bermoqda. 1 kg yer yongʻoqning bozordagi narxi 22-25 ming soʻm ekanligini hisobga olsak, sotuvgacha boʻlgan xarajatlardan tashqari 6 million soʻm sof foyda olishni rejalashtirganman. Qolaversa, yer yongʻoqning poyasi chorvachilikda yaxshi ozuqa hisoblanadi. Bu menga qoʻshimcha daromad beradi. Ikkinchi hosil oʻrnida kartoshka ekmoqchiman. Tajribamdan kelib chiqib aytsam, 10 sotix maydondan 2,5-3 tonnagacha kartoshka olish mumkin. Mahalliy bozorda bu miqdordagi hosilni 11 million soʻmga sotsa boʻladi. Demak, astoydil harakat qilsam, 10 sotix maydondan bir yilda 20 million soʻmdan ortiq daromad koʻtaraman.

Oʻtgan yili Andijon viloyatida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi aholi vakillari uchun jami 3 ming gektar ekin maydoni ajratib berildi. Unda 30 ming nafar hamyurtlarimiz dehqonchilik qilib, oilaviy taʼminotini mustahkamladilar. Bu yil ularning soni 45 ming nafarga yetdi va yer maydoni hajmi 1,5 ming gektarga ortdi. Bu ehtiyojmand oilalar soni yildan-yilga kamayib borayotganidan dalolat beradi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер