Agar Gʻazodagi asirlar qoʻyib yuborilmasa, ular jahannam bilan tovon toʻlaydi — Tramp

13:27 03 Dekabr 2024 Dunyo
375 0

Foto: AP

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp, agar Isroilning davom etayotgan urushi paytida Gʻazoda qoʻlga olingan asirlar 20-yanvar kuni lavozimga kirishgunga qadar ozod etilmasa, jahannam bilan javob berishlarini vaʼda berdi.

Dushanba kungi bayonot Trampning 5-noyabrda boʻlib oʻtgan AQSH saylovlaridan buyon urushni tugatish boʻyicha boshi berk koʻchaga kirib qolgan saʼy-harakatlari toʻgʻrisidagi eng kuchli bayonot boʻldi. Ushbu xabar Trampning ikkinchi muddati boshlanishidan oldin oʻt ochishni toʻxtatishga intilayotgani haqidagi yangiliklar fonida yangradi.

“Truth Social” tarmogʻidagi postida Tramp Baydenni bir yildan ortiq davom etayotgan Isroil va HAMAS oʻrtasidagi urushda durust vositachilik qila olmaganini tanqid qildi. Asirlar haqida faqat gap-soʻzdan nariga oʻtilmayotganini taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер