Afrikada yana Ebola virusi tarqalmoqda — JSST
Afrikada yana Ebola virusi aniqlandi. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar berdi. Maʼlumki, 2020-yil iyun oyida kasallik tarqalishi toʻxtatilgani eʼlon qilingan edi.
Kongo Demokratik Respublikasining Butembo shahrida yana Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan gal bu mamlakat kasallik tarqalishining epitsentrlaridan biri boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, virus yuqtirgan shaxs vafot etgan. Bunga qadar 70 dan ortiq kishi u bilan aloqada boʻlgan.
“JSST virus tarqalishini oldini olish uchun aloqada boʻlganlarni kuzatish, aniqlash va davolashda mahalliy va milliy sogʻliqni saqlash idoralarini qoʻllab-quvvatlaydi”, dedi JSST mintaqaviy direktori Matshidiso Moeti.
Xabarlarga koʻra, JSST epidemiologik guruhi allaqachon hodisa joyiga yetib borgan.
Virus tarqalishida koʻrshapalaklar ham aloqador deb hisoblansa-da, ebola virusi odamlarga, asosan, maymunlardan yuqadi.
COVID-19 dan farqli oʻlaroq, Ebola virusi suyuqlik orqali yuqadi. Shuningdek, ebola virusidan oʻlim darajasi ancha yuqori.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring