Afrika mamlakatlariga ocharchilik xavf solmoqda

14:02 09 Fevral 2022 Dunyo
1442 0

Foto: UNICEF/ K.Xolt

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi Efiopiya, Keniya va Somalidagi 13 milliondan ortiq inson ocharchilik xavfi ostida ekanini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Afrikada soʻnggi oʻn yillikdagi eng kuchli qurgʻoqchilik kuzatilmoqda. Natijada hosil yetishmasligi va chorva mollari nobud boʻlmoqda. Koʻplab oilalar suv va yaylov yoʻqligi sababli oʻz uylarini tark etmoqda.

Mutaxassislar bu kabi holat yaqin kelajakda ham davom etishini prognoz qilmoqda. Qurgʻoqchilik Efiopiya, Keniya va Somali qishloq xoʻjaligiga jiddiy talafot keltirgan. Bozorlarda narx keskin koʻtarilgan va oziq-ovqat yetishmasligi kuzatilmoqda.

YUNISEF tashkiloti Afrika mamlakatlaridagi vaziyatni yaxshilash uchun 123 mln dollar kerakligini maʼlum qildi.

“Millionlab odamlarning hayoti va kelajagi bunga bogʻliq. Biz zudlik bilan va har tomonlama hamkorlikda ishlashimiz kerak”, — deydi tashkilot vakili.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер