Afgʻonistondan evakuatsiya qilingan ayol deputatlar Gruziya hududidan chiqib ketdi

20:09 22 Sentyabr 2021 Dunyo
1222 0

Foto: Reuters

Afgʻonistondan evakuatsiya qilingan olti nafar ayol deputat Gruziya hududidan chiqib ketgan.

“Associated Press” xabariga koʻra, ular ayni paytda Gretsiya boʻlib turibdi. Ammo bu mamlakat deputatlar uchun soʻnggi manzil emas. Ular tez orada AQSHga yoʻl olishadi.

“Deputatlar va ularning oila aʼzolari AQSHga koʻchirish tartib-qoidalari tugamaguncha qisqa muddatda Gretsiyada boʻlib turadilar”, deyiladi Gretsiya TIV bayonotida.

Taʼkidlanishicha, deputatlar Nyu-Yorkda joylashgan “Zaka Khan” nodavlat tashkiloti tashabbusi bilan Afgʻonistondan olib chiqilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер