Afgʻonistondagi masjid portlashi oqibatida qurbonlar soni 33 kishiga yetdi
Foto: AP
Afgʻoniston shimolidagi Imom Saheb shahridagi masjidda yuz bergan portlash oqibatida halok boʻlganlar soni 33 kishiga yetdi. Halok boʻlganlar orasida maktab oʻquvchilari ham bor.
Bu haqda “Tolibon” harakati madaniyat va axborot vaziri oʻrinbosari Zabihulloh Mujohid maʼlum qildi.
Bugun Afgʻoniston shimolidagi shaharlarida qator portlashlar sodir etildi. Ular uchun javobgarlikni terrorchilik tashkiloti ISHID (Islomiy davlat) oʻz zimmasiga oldi.
Xususan, Mozori Sharif shahridagi masjidda roʻy bergan portlashlardan biri kamida 11 kishining hayotiga zomin boʻldi, yana 32 kishi jarohat oldi.
Qunduz shahrida sodir boʻlgan portlashda yana 11 kishi jarohatlangan.
Avvalroq, Oʻzbekiston Afgʻoniston shaharlaridagi terrorchilikni qattiq qoralashini bildirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring